Baffet boyligi 100 milliard dollardan oshgan oltinchi oligarx bo‘ldi
Milliarder Uorren Baffetning boyligi 100 milliardlik dovondan o‘tdi – endi Forbes ro‘yxatida bunday ko‘rsatkichga erishganlar soni 6 nafarga yetdi. Baffetning investitsiya shirkatining aksiyalari bu yil 15 foizga qimmatladi.
Shunday qilib, Baffet boyligi 100 milliard dollardan ortgan oltinchi tadbirkor. Undan tashqari, Amazon egasi Jyeff Bezos (179,6 mlrd dollar), Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask (165,1 mlrd dollar), Dior va Louis Vuitton xo‘jayini Bernar Arno (158,5 mlrd dollar) hamda Microsoft hammuassisi Bill Geyts (125,6 mlrd dollar) shunday natijaga erishishgan.
Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi 2021 yilni juda yaxshi boshladi, deya e'tirof etadi Bloomberg. A toifadagi kompaniya aksiyalari bu yil 15 foizga qimmatladi va AQShning S&P 500 indeksidagi eng yirik kompaniyalarning kapitalizatsiyasini ortda qoldirdi. Bunga Berkshire’ning o‘z aksiyalarini sotib olgani sabab bo‘ldi. Kompaniya o‘z aksiyalarini sotib olish uchun o‘tgan yili rekord miqdordagi 24,7 mlrd va 2021 yilning fevralida 4,2 mlrd dollar sarfladi, deb yozadi agentlik o‘z hisobotida.
Baffet boyligining bir qismini xayriyaga ajratganini hisobga olsak, 100 mlrd dollarlik marrani bosib o‘tish yanada dolzarbroq ko‘rinish oladi. 2006 yildan beri u qiymati 37 mlrd dollarga teng aksiyalarini ehson qilgan. Undan tashqari, u Bill Geyts bilan birgalikda The Giving Pledge (Hadya qilish qasami) loyihasini ishga tushirgan bo‘lib, loyihaga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar o‘z boyligining kamida yarmini xayriyaga sarflashi kerak bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
23:01 / 23.01.2023
Forbes Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingini taqdim qildi
18:38 / 18.06.2022
Milliarder Baffet bilan birga ovqatlanish huquqi 19 mln dollarga sotildi
18:21 / 22.11.2021