Özbekistonda noqonuniy daraxt kesilişining oldini olgan va bu haqda xabar bergan fuqarolarga pul mukofoti tölanişi tartibi joriy etiladi. Bu haqda Ekologiya qömitasi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boş boşqarmasi boşliği Abduraşid Sodiqov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.

«[Daraxtlarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq] huquqbuzarlik töğrisida xabar yuborgan, şuningdek, huquqbuzarlik töğrisida xabar yuboriş natijasida daraxt va butalarning noqonuniy kesilişining oldini olgan şaxslar aybdor şaxslardan undirilgan jarimaning va zarar summasining 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantirilişi taklif etilmoqda», – dedi Sodiqov.

Uning sözlariga köra, mazkur taklif tez orada qonunçilikka kiritilişi kutilmoqda.

«Masalan, bitta çinor noqonuniy kesilişidan tabiatga yetkazilgan zarar uning diametriga qarab 65 million sömgaça bölişi mumkin. Demak, 65 million sömlik daraxtni kimdir noqonuniy kessa va bu haqda kimdir xabar bersa, öşa odam şu summaning 10 foizini oladi», – deya qöşimça qildi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi örinbosari Islombek Boqijonov.

Ma'lum qilinişiça, fuqarolar tomonidan internet tarmoği orqali davlat ekologiya organlarining saytlariga yuborilgan hamda fotosuratlar va videoyozuvlar bilan tasdiqlangan daraxt va butalarning noqonuniy kesilişi yuzasidan huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş tartibi belgilanadi.

Unga köra, daraxt va butalarning noqonuniy kesilişining oldini olgan fuqaro, agar xabar olingaç, Ekologiya qömitasi inspektorlari tomonidan joyida huquqbuzarlik jarayoni töxtatilsa, aybdor şaxsdan undiriladigan jarima va zarar summasidan pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

«Huquqbuzarlik haqida yuborilgan fotosuratlar va videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning şaxsini aniqlaş Ekoqömita hududiy organlari söroviga asosan içki işlar idoralari tomonidan amalga oşiriladi va huquqbuzarlik haqida xabar bergan şaxslar haqidagi ma'lumotlar oşkor etilmaydi», – deya kutilayotgan yangilik haqida ma'lum qildi Abduraşid Sodiqov.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy 2021 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan.