Britaniyaning aviatsiya, kemalar va energetika uçun jihozlar işlab çiqaruvçi Rolls-Royce kompaniyasi 2020 yilni 4 mlrd funt sterling zarar bilan yakunladi.

 Qayd etilişiça, kompaniya 2019 yilda 583 mln funt sterling foyda körgan.

Aviatsiya sohasi uçun jihozlar işlab çiqaruvçi bölinma eng köp zarar körgan. Rolls-Royce aviakompaniyalardan kompaniya işlab çiqargan dvigatellar örnatilgan samolyotlarning parvoz qilgan soatlari uçun pul oladi. Pandemiya sababli 2020 yilda aviaparvozlar kam amalga oşirilgani sababli tölov miqdori kamayib ketgan.

Kompaniya 9 ming iş örnini qisqartirişiga va 5,3 mlrd funt sterling moliyaviy yordam olişiga töğri keldi. Rolls-Royce qarzlarini tölaş uçun 2 mlrd funt sterlinglik aktivlarini sotişni möljallamoqda.