Huawei kompaniyasi faol 5G qurilmalar soni böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. Bu haqda Finbold agentligi tadqiqotida aytilmoqda.
Ma'lumot berilişiça, 5G bozorida Huawei uluşi 26,9 foizni taşkil etgan. Ikkinçi örinni 25,1 foiz uluş bilan Samsung egalladi. Yuqori uçlikni 19,5 foiz uluş bilan Apple yakunlagan. Keyingi örinlarda Xitoyning Vivo va Honor kompaniyalari egalladi. Ularning bozordagi uluşi mos ravişda 11,8 va 6,9 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslaşdi. Oxirgi çorak natijalariga köra, Koreya kompaniyasi raqobatçisini ortda qoldirgan – masalan, noyabrda beşinçi avlod tarmoqlarida koreyslarning 44,9 va xitoylarning 8,6 foiz qurilmasi röyxatga olingan.
Qayd etilişiça, AQŞ sanksiyalariga qaramasdan, Huawei köplab buyurtmalarga ega va 5G infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda.












