Qayd etilişiça, soliq xodimlari tadbirkorlarga maslahatçi va kömakçi bölişi lozimligi haqida uqtirilib, ularga keng imkoniyatlar yaratilib, işonç bildirib kelinayotganiga qaramasdan, ayrim soliq xizmati xodimlari tomonidan qonun buzilişi holatlari va jinoiy xatti-harakatlar sodir etilmoqda.
Jumladan, Pastdarğom tumani soliq inspeksiyasi xodimi B. xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro A.ga qaraşli fermer xöjaligining soliq tölovlaridan bölgan 2,7 million sömlik soliq qarzdorligini yöq qilib berişi evaziga 1,5 million söm pullarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan vaqtida uşlangan.
2020 yil 24 noyabr kuni Payariq tumani soliq inspeksiyasi mutaxassisi N. fuqaro B.ga tegişli restoran faoliyatiga rahnamolik qilib kelişi evaziga undan 500 ming söm miqdoridagi pul mablağlarini talab qilib, jinoiy şerigi A. orqali olgan vaqtida uşlangan.
Jomboy tumani soliq inspeksiyasi boşliği A. 2020 yil mart oyida Jomboydagi korxonadan mebel jihozlarini olib, pullarining bir qismini bermaganligi sababli, korxona rahbari yuqori taşkilotlarga ariza bilan murojaat qiladi. Şundan söng, A. qasd oliş maqsadida soxta ma'lumotlar asosida uşbu korxonada sayyor tekşiruv ötkazib, korxona rahbarini ma'muriy javobgarlikka tortgan. Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 30 yanvar kuni jinoyat kodeksining 1922-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta'kidlanişiça, iş faoliyatida yöl qöygan xato va kamçiliklari uçun 2020 yilda viloyat soliq xizmati organlarining 458 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan. Viloyat hamda hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlarining harakatlari yuzasidan 2020 yilda birgina tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qilingan murojaatlar asosida jami 15 marotaba xizmat tekşiruvlari ötkazilgan.
Xususan, Samarqand va Kattaqörğon şahar, Payariq, Paxtaçi, Bulunğur, Narpay, Jomboy tumani soliq inspeksiyalari xodimlariga nisbatan 1 tadan, Oqdaryo, Urgut, Samarqand tumani soliq inspeksiyalari hamda viloyat boşqarmasi xodimlariga nisbatan 2 tadan murojaatlar kelib tuşgan.
Bundan taşqari, Oqdaryo tumani soliq inspeksiyasi Jismoniy şaxslarga xizmat körsatiş bölimi xodimlari S., R., B., Yu., B. va A.lar soxta ma'lumotnoma tayyorlab, özlariga biriktirilgan hududlarda yaşovçi fuqarolardan 263 ta holatda 55,9 million söm pullarni yer va mulk soliği sifatida qabul qilib olib, uşbu pul mablağlarini belgilangan tartibda tijorat banklariga yoki soliq inspeksiyasi ğaznasiga topşirmasdan öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Boş prokuratura huzuridagi Departamentining viloyat boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












