Toşkent şahrida çiqarilayotgan çiqindilar miqdori yil sayin köpayib bormoqda, prognozlarga köra uning hajmi 15 yil içida ikki baravar köpayadi. Bu haqda «Maxsustrans» DUK tomonidan Toşkent şahrida maişiy çiqindilarni alohida yiğiş böyiça yangi dasturni yölga qöyişga bağişlangan uçraşuvda aytib ötildi.

Ma'lum qilinişiça, çiqindilarni saralaş bu muammoning oldini imkon qadar olişi mumkin. 2020 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Toşkent şahrida maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşirişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga köra, qattiq maişiy çiqindilarni (QMÇ) töplaş, saralaş va olib çiqib ketiş xizmatlarini taşkil etiş sohasida xususiy sektor uluşini 100 foizga yetkaziş közda tutilgan.

Joriy yilda QMÇni saralagan holda töplaş uçun har bir tumandan ikkitadan mahalla tanlab olinadi. Bu dasturda hozirça Toşkent şahridagi jami 24ta mahalla iştirok etadi. Uşbu mahallalar aholisiga rangli paketlar beriladi. Sariq paketlar – qayta işlanadigan çiqindilar (qoğoz va plastik), yaşil paketlar – organik çiqindilar (oziq-ovqat qoldiqlari, barglar, ötlar), kulrang paketlar esa qayta işlanmaydigan çiqindilar (oyoq kiyimlari, salfetkalar, pamperslar) uçun möljallangan.

Çiqindilarni olib ketiş uçun uşbu mahallalarga haftada ikki marta rangli yaşil va kulrang-sariq stikerli maşinalar keladi.

«Maxsustrans» DUK rahbari örinbosari Şerzod Kattaxöjayevning aytişiça, buning uçun Osiyo taraqqiyot banki grant mablağlari hisobidan 59ta yangi maxsus maşinalar xarid qilindi.

«Joriy yilning may-aprel oylarida «Yaşil Toşkent» dasturi bölib ötişi rejalaştirilgan. Bugungi uçraşuvdan közlangan maqsad şu dastur doirasida çiqindi saralaş, haşar işlari, daraxt ekişni taşkillaştirişdir. Barça mahallalarni qamrab olişga hozirda imkonimiz yöqligi sabab kiçkina qadamlardan boşladik.

Hozirda Toşkent şahrida bir kunda 2000 tonna çiqindi çiqariladi. Şundan 700-800 tonnasini qayta işlab çiqariş mumkin. Natijada ham daromad köriş mumkin, ham ekologiyaga foyda böladi. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablağlari hisobidan bunga 69 mln dollar ajratilgan. Uşbu mablağning yarmiga Koreyadan çiqindi yiğiş texnikasi xarid qilindi», dedi u.