Sönggi ikki sutka içida koronavirus tarqalişi keskin köpayganiga oid xabarlar tarqaldi. Öz şaxslarini oşkor qilmagan manbalar şifoxonalarda «joy qolmagani», ayniqsa Zangiotadagi yuqumli kasalliklar şifoxonalari «tölib ketgani», reanimatsiya bölimlarida bemorlar oğir ahvolda ekani haqida audioxabarlar yöllagan.
Rasmiy statistikaga qaralsa, çindan ham sutkalik aniqlanişlar körsatkiçi 30 nafar bemor atrofida bölgani holda 12-13 mart kunlariga kelib 80 nafarga yaqinlaşgan, birgina Toşkent şahrining özida bir kunda 70 nafar bemor aniqlangan.
Kun.uz epidemiologik vaziyat yomonlaşayotgani haqidagi gumonlarga oydinlik kiritiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandi.
“Töğri, qayd etiş körsatkiçi biroz oşgani rost. Lekin umumiy ahvol vahimali xabarlarda aytilganidek emas. Bu xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
Lekin bir jihatga e'tiboringizni qaratişni istardim, biz hali ham boşqa mamlakatlar qatori koronavirusdan butunlay qutulganimiz yöq, kasallik manbasi saqlanib qolganini unutmasligimiz kerak. Ammo sönggi ikki kunda koronavirus bilan kasallaniş körsatkiçi oşganligidan fojia yasamaslik kerak.
Bu körsatkiçlarni oşişi ma'lum ma'noda bizni xotirjam bölib qolganimizdan, sanitariya talablariga rioya qilmayotganimizdan, oddiy niqob taqib yurişni unutayotganimizdan bölsa, ikkinçidan, bilasiz, kuz va bahorda ötkir yuqumli respirator infeksiyalar avj olişi bilan boğliq.
Tarqatilayotgan audio yozuvlarda Zangiotadagi yuqumli kasalliklar şifoxonalarida kasallar köpayib, böş örinlar qolmagani aytilgan. Hozirda 4 ming şifo öringa ega Zangiotadagi ikkita davolaş muassasalarida minglab böş örinlar mavjud. Ayni paytda örinlarga ehtiyoj yöqligi uçun Zangiota 2-yuqumli kasalliklar şifoxonasining “A” blogi töliq yopilgan, “V” blogining ham bitta bölimi butunlay, ikkinçi bölimining esa yarmi yopilgan.
Demak, asossiz xavotirga örin yöq, vahimalardan qörqmaslik, ammo şu bilan birga köp marta aytilgan sanitariya va gigiyena qoidalarini unutmaslik kerak”, – dedi Furqat Sanayev.










