Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabariga köra, voqea natijasida heç kim tan jarohati olmagan.

«Hozirda hodisa oqibatlari tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi va mutasaddi taşkilotlar tomonidan bartaraf qilinmoqda», – deyiladi xabarda.

Foto: Xorazm viloyati FVB
Foto: Xorazm viloyati FVB
Foto: Xorazm viloyati FVB

12 martdan 13 martga ötar keçasidan boşlab, Özbekistonning turli hududlarida kuçli şamol esib, qor yoğişi kuzatildi. Natijada elektr tarmoqlarida uzilişlar kuzatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasi 13 mart kuni tuşdan söng bergan xabarga köra, elektr ta'minotidagi uzilişlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida röy bergan.

Qor yoğişi sabab Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça dovoni vaqtinça yopildi.

Yanvar oyida Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi ikkita binoning tomi şamolda uçib tuşgan, bu tomlar oxirgi 2 yil içida yopilgani ma'lum bölgandi.