
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2019 yil iyun oyida Toşkent viloyatiga taşrif buyurgan edi. Taşrif davomida viloyat rahbarlariga Quyi Çirçiq tumani Beruniy mahallasida böş turgan, tuman hokimligi balansidagi uç qavatli binoni qayta ixtisoslaştirgan holda kapital ta'mirlab, kam ta'minlangan va çin yetim fuqarolarga uy-joy sifatida beriş vazifasi topşirilgan.
Tadbirkorning sözlariga köra, davlat rahbarining uşbu topşiriği Prezident administratsiyasi rahbari tasdiqlagan «yöl xaritasi»ga ham kiritilgan. Loyiha qiymati 5 mlrd söm bölgan. Uning 2,5 mlrd söm qismi tuman hokimligi (mahalliy budjet) ajratadigan subsidiya, qolgan qismi esa turar joy egalarining mablağlari hisobidan qoplanişi aytilgan.
Dastlab binoni ta'mirlaş işlari «Qurilish Tv Max» MÇJga yuklatiladi. Lekin noma'lum sabablarga köra, bu korxona ta'mirlaşni oxirigaça yetkazmaydi.

Şundan söng binoni ta'mirlaş böyiça «Beruniy» MFY va «Minor ta'mir qurilish» MÇJ örtasida şartnoma tuziladi. «Minor ta'mir qurilish» 1 mlrd 300 mln sömlik işni bajaradi.
Hokimlik pul bermagani sababli hamma sarson - tadbirkor
Korxona rahbarining sözlariga köra, hokimlik binoni ta'mirlaş işlariga 50 foiz subsidiya ajratişi, qolgan 50 foizini esa fuqarolarning özlari tölaşi kerak bölgan. Lekin şu vaqtgaça hokimlik faqatgina 300 mln söm mablağ tölab bergan. Qolgan mablağ ötkazilmagani ortidan köplab muammolar vujudga kelmoqda.

«Mana şu ta'mirtalab uç qavatli binoning yakuniy işlarini tugata olmayapmiz. Sababi hokimlik pul bermayapti. Natijada fuqarolar ham sarson, işçilar ham oyliklarini olişa olmayapti.
Bu uylar kam ta'minlangan oilalar va çin yetimlarga berilişi kerak edi. Bizdan oldingi tadbirkorlarga 1 mlrd sömdan ziyod pul ötkazib berilgan. Lekin iş oxirigaça yakunlanmay çala taşlab ketilgan. 1 mlrd sömlik iş qilinmagan. Biz şu vaqtgaça 2,7 mlrd sömlik işlarni bajargan bölsak ham pul ötkazib berilmayapti. Hokimlik şu vaqtgaça faqat 300 mln söm pul bergan, xolos.

















