Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Asaka tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, fuqaro X.T. fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga muqaddam o‘zi rahbarlik qilgan Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan, hozirgi kunda tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonining 50 sotixini tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik uchun ajratib berish evaziga 10 000 AQSh dollari talab qilib, oldindan 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026