AQŞ prezidenti Jo Bayden 28 yil içida birinçi bor soliqlarni sezilarli darajada oşirişni rejalaştirmoqda, deb yozadi Bloomberg öz manbalariga tayanib.

Qayd etilişiça, mablağ 1,9 trillion dollarlik yordam paketidan söng joriy etiladigan uzoq muddatli iqtisodiy dasturni moliyalaştiriş uçun kerak. Korporatsiyalardan olinadigan soliqlarni 21 foizdan 28 foizgaça kötariş va mas'uliyati çeklangan kompaniyalar uçun soliq imtiyozlarini bekor qiliş kabilar muhokama qilinmoqda.

Bayden şuningdek, yiliga 400 ming dollardan ortiq daromad topadiganlar uçun daromad soliğini oşirişni möljallamoqda. Bundan taşqari, yiliga bir million dollardan ortiq pul topadiganlar uçun soliq stavkasini yuqoriroq qilib belgilaş masalasi körib çiqilmoqda. Bayden hamişa amerikaliklar adolatli soliq siyosatini xohlaydi deb hisoblab kelgan, şuning uçun tengsizlikka qarşi kuraşga e'tibor qaratmoqda, deb yozadi naşr.

Avvalroq Jo Bayden pandemiya şaroitida iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan 1,9 trln dollarlik çoralar paketini tasdiqlagandi. Yordam paketi emlaş dasturini kengaytiriş, kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş, işsizlik böyiça haftasiga 300 dollarlik qöşimça pul berişga sarflanadi. 

Deyarli 2 trln dollarlik yordam paketi emlaş böyiça milliy dasturni yanada kengaytiriş, maktablarning xavfsiz oçilişi, kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş, işsizlik böyiça haftasiga 300 dollarlik qöşimça pul va 3,6 ming dollarlik bolalar puli berişga sarflanadi.