Fransiyada koronavirus epidemiyasining uçinçi tölqini boşlandi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Jan Kasteks parlament quyi palatasida e'lon qildi.   
      
“Biz epidemiyaning uçinçi tölqinidamiz”, deb aytgan Kasteks.

Fransiya boş vaziri epidemiyaning yangi tölqini koronavirusning köplab variantlari tarqalişi bilan keçayotganini qöşimça qilgan.

16 mart kuni Fransiyaning Bretan regionida koronavirusning mavjud testlar yordamida aniqlaş qiyin bölgan yangi ştammi bilan kasallaniş holatlari aniqlangani ma'lum qilingandi.  

10 mart kuni Robert Kox instituti prezidenti Lotar Viler yaqin kunlarda Yevropaga epidemiyaning uçinçi tölqini zarba berişi mumkinligidan ogohlantirgan. Mutaxassis Yevropa davlatlarini xavfsizlik çoralariga maksimal amal qilişga çorlagan, çunki ular “minglab hayotlarni saqlab qolişda yordam bergan”. U, şuningdek, emlaşning muhimligini ta'kidlab ötgan.