Fransiya soğliqni saqlaş vazirligining ta'kidlaşiça, virusning uşbu variantini aniqlaş qiyin keçgan. U bilan zararlangan odamlarda koronavirusga xos simptomlar kuzatilgan, biroq PsR-testlar manfiy natijalar bergan.
“Yangi variant Kot-d`Armor departamentidagi Lanon şifoxonasida aniqlandi. 13 mart kuni 79ta, jumladan yangi variant bilan 8ta kasallaniş holati qayd etilgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Hozirça mutaxassislar uşbu ştamm böyiça heç qanday xulosalar çiqarişmagan. Ular virusni örganiş bilan şuğullanişmoqda va uning emlaş hamda avvalgi kasallanişlar vaqtida organizmda işlab çiqilgan antitanalarga ta'sirçanligini tajribaviy yöl bilan aniqlaşni rejalaştirişgan.
Fransuz mutaxassislari uşbu turni hozirça JSSTning boşlanğiç toifadagi, ya'ni “kuzatuv ostidagi” variantlar (VUI) sirasiga kiritişgan. Agar u öziga xos xususiyatlarga egaligi aniqlansa, “muammoli variantlar” (VOC) toifasiga kiritilişi mumkin.
Fransiya mutasaddi idoralari xalqaro soğliqni saqlaş idoralariga yangi tur haqida ma'lumotlarni berişgan.












