Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda mast piyoda avtohalokat qurboniga aylandi
Navoiy viloyati Navbahor tumanida mast holatdagi piyodani «Nexia» mashinasi urib ketdi. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 15 mart kuni soat 20:30larda Navbahor tumani hududidan o‘tgan 4R-63 avtomobil yo‘lining 86-kilometrida 26 yoshli haydovchi «Nexia» mashinasini boshqarib kelayotib, to‘satdan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan 50 yoshli fuqaroni urib yuborgan. Fuqaro o‘ta mast holatda bo‘lgani aniqlangan.
Avtohalokat oqibatida piyoda hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, YTH sabablari o‘rganilganda yo‘lga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagani ma'lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Xatirchi tumanida 42 yoshli, Konimex tumanida 58 yoshli fuqaro avtohalokat tufayli vafot etgan edi.
Mavzuga oid
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
17:52 / 28.02.2026
Foto: Serjant Hosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi
06:22 / 28.02.2026