Norma’ning yozişiça, prezidentning «Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standarti, tayanç va variativ öquv rejalari hamda dasturlarini işlab çiqiş;
  • Xalq ta'limi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvçilarni tanlaş hamda darsliklar va öqituvçilar uçun metodik qöllanmalar yagona maketlarini yaratiş;
  • yaratilgan darsliklar va öqituvçilar uçun metodik qöllanmalarni ekspertizadan ötkaziş, ularni ta'lim tizimida qöllaş böyiça xulosa beriş;
  • fanlar, ayniqsa, matematika, informatika, kimyo, biologiya va özbek tili fanlari böyiça darsliklar sifatli tayyorlanişini ta'minlaş;
  • öquv-tarbiya jarayoniga «STEAM» fanlarini (Science – tabiiy fanlar, Teçnology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san'at, Mathematics – matematika) öqitiş böyiça ilğor pedagogik texnologiyalar va boşqa maqbul metodikalarni joriy etiş;

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholaş mezonlari (KPI) asosida tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlari fan metodistlari faoliyati samaradorligini tahlil qiliş va ular reytingini şakllantiriş.

2021 yil 1 apreldan boşlab Markaz direktorining mehnatga haq tölaş şartlariga köra bazaviy lavozim maoş miqdorlari oliy ta'lim muassasasi rektoriga, direktor birinçi örinbosari va örinbosarlari – oliy ta'lim muassasasi prorektoriga, tarkibiy bölinmalar boşliqlari – oliy ta'lim muassasasi fakultet dekaniga, metodistlari iş haqi miqdori – oliy toifali öqituvçi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştiriladi.

Markaz ta'lim sifatini oşiriş maqsadida qöşimça ravişda işga jalb qiliş böyiça yuqori malakali mutaxassislar, şu jumladan xorijiy ekspertlar va xorijda yaşaydigan vatandoşlar bilan fuqarolik-huquqiy şartnomalar imzolaşi mumkin.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Umumiy örta ta'lim muassasalari uçun darsliklar va öquv-metodik majmualar işlab çiqiş uçun tuzuvçilarni tanlab oliş va tasdiqlaş tartibi töğrisidagi nizom;

Umumiy örta ta'lim muassasalarining umumta'lim fanlari böyiça darsliklar va öquv-metodik majmualarni ekspertizadan ötkaziş, ularga taqriz beriş hamda ekspertlar va taqrizçilarga haq tölaş tartibi töğrisidagi nizom.