Myanmada harbiy töntarişdan söng davom etayotgan ommaviy norozilik namoyişlari fonida ayrim şaharlarda internet xizmatlari çeklandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Taçilek yangiliklar agentligi şişa tolali kabellarni uzib taşlayotgan işçilar suratlarini çop etgan.

Agentlikning yozişiça, mamlakat içidagi holat böyiça xabarlarni tekşiriş borgan sari qiyinlaşmoqda. Hukumat ayrim xususiy gazetalarning çop etilişini töxtatişga buyruq bergan. Davlat ommaviy axborot vositalari işlamayapti.

Şuningdek, ommaviy namoyişlar çoğida halok bölganlar soni 217 kişiga yetgani aytilmoqda.

Myanma harbiylari 1 fevralda harbiy töntaruv amalga oşirib, mamlakat rahbariyatini hibsga olgandi. Töntaruvdan keyin mamlakat böylab norozilik namoyişlari boşlangandi.