Tanzaniyaning 61 yoşli prezidenti Jon Magufuli vafot etdi. Avvalroq Tanzaniya muxolifati yetakçisi Tundu Lissu prezident koronavirusga çalingani va qöşni Keniyadagi şifoxonaga yotqizilganini ma'lum qilgandi.

Biroq Tanzaniya hukumatining rasmiy ma'lumotlariga köra, Magufulining ölimiga yurak xuruji sabab bölgan.

“Qadrdon tanzaniyaliklar, 17 mart kuni soat 18 atrofida jasur yetakçimiz, prezident Jon Magufulini yöqotganimizni ökinç bilan ma'lum qilamiz. U Dar-us-Salomdagi şifoxonada yurak kasalligidan vafot etdi”, deb ma'lum qilgan mamlakat vitse-prezidenti Samiya Suluxu.

Magufuli koronavirus tarqalişi sababli mamlakatda lokdaun kiritişdan boş tortib kelgan va tibbiy niqoblar taqmaganlarni maqtagan. U virusga qarşi ilmiy yöllar bilan kuraşişni tan olmagan.

Tanzaniya hukumati 2020 yil aprelidan koronavirusga çalinganlar böyiça statistika bermay qöygan, Magufuli esa uning davlati infeksiyadan xoli ekanini ta'kidlab kelgan. 

Prezident, şuningdek, vaksinalarga ularni yevropaliklar işlab çiqarişi sababli işonmasligini hamda Tanzaniya vaksina sotib olmasligini aytgan.

Fevralda Tanzaniya prezidenti öz hamyurtlarini “kasalliklardan foriğ böliş uçun” 3 kun ibodat qilişga çaqirgan.

Magufuli fevral oxiridan körinmay qöygan. Hukumat bu borada biror-bir ma'lumot bermagan. Biroq muxolifat prezident koronavirusga çalingani va oğir ahvoldaligini ta'kidlab kelgan. 15 mart kuni muxolifat yetakçisi Lissu öz manbalariga tayanib, prezident öpkani sun'iy şamollatiş qurilmasiga ulanganini ma'lum qilgan.    

Magufuli Tanzaniya prezidenti lavozimini 2015 yilda egallagan. U mamlakatning 5-prezidenti bölgan. 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonib, ikkinçi muddatga qayta saylangan.

Magufulining vafoti munosabati bilan mamlakatda ikki haftalik motam e'lon qilingan. BBC News naşrining aniqlik kiritişiça, Tanzaniya konstitutsiyasiga köra, endi vitse-prezident Hasan vaqtinça prezident sifatida qasamyod qiladi hamda Magufulining muddati yakunigaça, 2025 yilga qadar mamlakatni boşqaradi.