Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu mamlakatdagi Çadema muxolifat partiyasining yuqori martabali a’zosini şafqatsizlarça öldirib ketilganini qoraladi.
Qayd etilişiça, 6 sentabr kuni Tanga şahriga ketayotgan avtobus içidan 69 yoşli Muhammad Ali Kibao xavfsizlik xizmati agentlari ekani aytilayotgan şaxslar tomonidan tuşirib qolingan.
Partiya raisi Frimen Mbovening AFP agentligiga ma’lum qilişiça, tekşiruv davomida Kibao «qattiq kaltaklanib, yuziga kislota sepib yuborilgani» aniqlangan. Uning ölimi muxolifat va inson huquqlari guruhlarining siyosiy faolikka qöyilayotgan çeklovlar xavotiri fonida röy berdi.
Prezident Samiya «şafqatsizlarça qotillikni» qoralab, tergov ötkazişga çaqirdi. «Tergov organlariga imkon qadar tezroq menga uşbu daşhatli hodisa böyiça batafsil ma’lumot berişlarini buyurdim. Biz demokratik mamlakatda yaşayapmiz va har bir fuqaromiz yaşaş huquqiga ega», — deb yozadi u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga.
Kibaoning dafn marosimiga kelgan yuzlab odamlar yiğilganlarga hamdardlik bildirişga uringan Tanzaniya içki işlar vaziri Hamad Masaunining iste’fosini talab qilgan. «Qani hukumat? Odamlarni öğirlaşmoq va heç qanday çora körilmayapti. Vazir Masauniga iste’fo, iste’fo, iste’fo», — deb baqirişgan ular.
Marhum Kibao harbiy razvedkaning sobiq ofitseri bölib, Çadema partiyasiga 2008 yilda qöşilgan. Uning öldirilişi butun mamlakat böylab turli muhokamalarni yuzaga keltirdi: aholining aksariyati hukumatdan odam öğirliş holati böyiça çora körişni talab qilmoqda.












