Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining 2021 yil 4 martdagi 17-8/1453-sonli körsatma xatiga asosan koronavirus kasalligi aniqlangan hollarda maktablarda sinflar onlayn öqiş tizimiga ötişi belgilangan.

Ma'lum qilinişiça, 15 mart kuni Qibray tuman «Önqörğon» mahalla fuqarolar yiğinidagi 30-maktab öquvçisi va Salar şaharçasidagi 5-maktab öquvçisida koronavirus aniqlangan. Şu bois, 30-maktabdagi 9-«A» sinfi va 5-maktabning 6-«A» sinfi töliq onlayn tarzda öqitişga ötkazilgan.

Şuningdek, Zangiota tumanidagi 29-maktabning 7-«A» sinfidan 1 nafar, 7-«B» sinfidan 2 nafar va 11-sinfidan 1 nafar öquvçida koronavirus aniqlangani sababli 12 martdan uşbu sinflar ham onlayn tartibda ta'lim olişga ötkazilgan.

Çinoz tumanidagi 17-umumta'lim maktabi 4-«A» sinf rahbari Surayyo Toşkenboyeva 13 mart kuni COVID-19 infeksiyasiga gumon qilinib, Zangiota tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgani sababli, 15 martdan 17-umumta'lim maktabi 4-«A» sinf öquvçilari 14 kun muddatga onlayn öqiş tizimiga ötkazilgan.

Bundan taşqari, Toşkent tumanidagi 17-maktab öqituvçisi va uning oila a'zolaridan test namunalari olinganda oila a'zolarining 3 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Şuningdek, 23-maktabning 6-sinf öquvçisida ham infeksiya qayd etilgan.

«Yuqoridagilarni hisobga olib, viloyat hududidagi ayrim maktablarda epidemiologik vaziyat beqarorligini köriş mumkin. Şu bois, viloyat aholisidan yana bir bor öz salomatligiga befarq bölmaslikni, oddiy profilaktik tadbirlarga rioya qilişni, ya'ni niqob taqiş, ijtimoiy masofaga amal qilişni sörab qolamiz», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq Toşkent viloyatida ham karantin çoralari kuçaytirilişi haqida xabar berilgandi.