Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi
Toshkent viloyatida aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo majmualari, jamoat joylari va jamoat transportlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida viloyat mas'ullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda asosan aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va antiseptik vositalardan foydalanish holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.
«Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari! Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, o‘zingiz va o‘zgalar sog‘lig‘ini asrash, viloyat hududida kasallik tarqalishining oldini olish uchun, belgilangan karantin qoidalariga qat'iy amal qilishingizni so‘raymiz», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq Toshkent shahrida karantin choralari kuchaytirilishi, xususan, taksi va qurilishlarda karantin choralari kuchaytirilishi, poytaxt hokimligi va uning tizimidagi barcha tuzilmalarda turli yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkinligi xabar qilingan.
O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat murakkablasha boshladi. Yanvar-fevral oylaridagi pasayishdan so‘ng mart oyining ikkinchi o‘n kunligida koronavirusdan kasallanish holatlari o‘sa boshladi. SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 16 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab 115ta yangi holat qayd etilgan. Shundan 92 holat Toshkent shahrida, 18 holat Toshkent viloyatida aniqlangan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025