MSN272 bort raqamiga ega bölgan oxirgi A380 töliq jihozlanişi uçun 17 mart kuni Tuluzadan Hamburgdagi korxonaga yetkazilgan.
Kompaniya A380 samolyotlari işlab çiqarilişi töxtatilişini 2019 yildayoq e'lon qilgandi. Bunday qarorga A380’ning eng yirik xaridori bölgan Emirates tomonidan uşbu laynerlarga buyurtmalar qisqarib ketgani sabab bölgan. BAA aviakompaniyasi 39ta A380 örniga 40ta A330neo va 30ta A350 sotib olişga qaror qilgan. Uşbu modellar kamroq öringa möljallangan, biroq ança tejamkor hisoblanadi.
“Bu qaror sababli bizda katta hajmda bajarilmagan buyurtmalar yöq va şu sababli samolyotlarni boşqa kompaniyalarga sotiş böyiça barça urinişlarga qaramay, işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaşga asos ham yöq. Natijada A380’lar yetkazilişi 2021 yilda töxtatiladi”, deb aytgan kompaniya boş direktori Tom Enders.
Airbus A380 2005 yildan boşlab işlab çiqarilgan, 2007 yilda esa undan foydalaniş boşlangan. Samolyot uzunligi 73 metrni, balandligi 24,1 metrni taşkil qiladi. Uning qanotlari quloçi 79,8 metrga teng. Samolyot uç sinfli komponovkada öz bortiga 525 yölovçini, bir sinfli komponovkada esa 850dan köproq yölovçini siğdira oladi. Samolyot qönişsiz 15,2 ming kmgaça uça oladi.
Samolyotga talab eng yuqori darajada bölganda kompaniya yiliga undan 30 donadan işlab çiqargan, biroq bu köp davom etmagan. 2018 yilda uni işlab çiqariş hajmi yiliga 12 donagaça tuşib ketgan. Umumiy hisobda uşbu samolyotdan 251 dona işlab çiqarilgan.
2020 yil yanvaridagi ma'lumotlarga köra, tarix davomida uşbu turdagi 58ta samolyot iştirokida turli köngilsiz hodisalar yuz bergan, biroq ular oqibatida birorta odam halok bölmagan.
Pandemiya sababli ba'zi aviakompaniyalar A380 samolyotidan foydalanişni töxtatgan. Biroq bir qator aviakompaniyalar reyslar va yölovçilar soni qisqargan hozirgi şaroitda ham undan foydalanişda davom etmoqda.












