Fransiya hukumati mamlakatning 16ta departamentida epidemik vaziyat yomonlaşgani sababli 4 haftalik karantin kiritişga qaror qildi. Karantin vaqtida oziq-ovqat dökonlaridan boşqa barça dökonlar yopiladi.
Fransiya boş vaziri Jan Kasteksning ma'lum qilişiça, gap poytaxt Parij joylaşgan Il-de-Frans regionidagi 8ta, şimoldagi O-de-Frans regionidagi 5ta hamda Dengizböyi Alplari (janub), Dengizböyi Sena (ğarb) va Er (ğarb) departamentlari haqida bormoqda.
“Agar zarurat bölsa, yangi çeklovlarni qolgan departamentlarga ham joriy qilamiz”, deb aytgan Kasteks. Uning ta'kidlaşiça, karantin rejimi 20 mart soat 00:00dan amal qila boşlaydi. Komendantlik soati boşlanişi esa barça departamentlarda soat 18dan 19ga köçiriladi.
Karantin vaqtida oziq-ovqat dökonlaridan boşqa barça dökonlar yopiladi. Uydan 10 kmdan köproqqa olislaşga ruxsat berilmaydi. Sport bilan şuğullaniş taqiqlanmaydi.
Fransiya boş vazirining ma'lum qilişiça, şifoxonalarga tobora köproq yoşlar keltirilmoqda, bemorlarning şifoxonalarda davolaniş muddati esa tobora çözilmoqda.
Şuningdek, 19 martdan aholini AstraZeneca vaksinasi bilan emlaş davom ettiriladi. Avvalroq uşbu vaksinani qöllaş u emlanganlarda tromb hosil qilişi mumkinligi sababli vaqtinça töxtatib qöyilgandi.
Kasteks hukumat aprel örtasigaça 10 mln, iyun örtasigaça esa 30 mln aholini (mamlakatning emlaşdan ötiş istagini bildirgan katta yoşli aholisining uçdan ikki qismi) emlaş vazifasini öz oldiga qöyganini ma'lum qilgan.
Boş vazirning ta'kidlaşiça, oxirgi haftada Fransiyada koronavirus tarqalişi jadallaşgan. “Pandemiya bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi. Oxirgi haftada biz virus tarqalişi sur'atlari tezlaşganini körmoqdamiz. Bizning vazifa - vaziyatni nazorat ostidan çiqarib yubormaslik”, deb aytgan boş vazir. Uning aytişiça, hozirda Fransiyada epidemiyaning uçinçi tölqini kuzatilmoqda va Bretan regionida virusning yangi ştammi aniqlangani vaziyatni yanada oğirlaştirdi.












