Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari Çirçiq şahridagi holat haqida gapirib ötgan.

“Hokimlarda taşabbus yetişmayapti. Keça Çirçiqqa borganimdan xabaringiz bor, u şahardagi ahvolga maymunlar yiğlaydi. Bu şaharning ahvoli meni qattiq öyga toldirdi. Mayli, infrastruktura muammosi bordir, lekin daraxtni oqlasa, ariqlarni tozalasa böladi-ku. Men qayerga borişimni aytmayman, deganman. 

Neça kişiga oylik beryapmiz, prokuror, soliqçi, içki işlar... Nega xalq orasiga kirib muammolarni örganmaydi? Minglab aholi “uy bering”, deb turibdi. Nega heç kim Buxoro tajribasini örganmaydi? Buxoroda qiyin bölsa ham ikki qavatli uylar örniga qança uylar barpo qilindi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, prezident Çirçiqdagi mahallalarda aholi bilan suhbatlaşgani xabar berilgandi.

“Çirçiq bir paytlar donği ketgan şahar edi. Oxirgi vaqtlarda ança “çarçab” qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma şaroitlarni yaratamiz. Sanoatni kötariş, iş joylari oçiş, yölni, issiqlik ta'minotini yaxşilaş böyiça katta işlarni boşlayapmiz”, dedi davlat rahbari aholi bilan suhbatda.