Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov 2021 yilning fevral oyida Farğona viloyatida bölib, viloyatning tuman va şaharlaridagi ta'lim sifati bilan yaqindan tanişgan, hududlardagi xalq ta'limi bölimi xodimlari bilan oçiq muloqot ötkazgan edi. Örganişlar natijasida vazir yutuqlarga erişgan ta'lim xodimlarini taqdirlagan va öz navbatida ta'limni orqaga tortayotgan rahbarlarni işdan böşatiş masalasini ham kötargan edi.
Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Uçköprik tumaniga qilgan safari yakunida tuman xalq ta'limi bölimi mudiri Dilafruz Ayyupovani işdan oliş böyiça topşiriq bergan. Biroq uşbu xabardan söng tuman XTB mudiri öziga kasallik varaqasi oçtirib, davolaniş ta'tiliga çiqib ketgan.
Şundan söng Farğona viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan Uçköprik tumanidagi ta'lim sifatini örganiş böyiça tekşiruv tayinlanadi. Mas'ullar tumandagi 20 dan ortiq maktab faoliyatini örganadi. Örganişlar yakunida esa tuman XTBning birinçi rahbari Ayyupova davolaniş ta'tilida bölgani sababli, uning örinbosari Soyibjon Sultonov işdan olingani aytilmoqda.
Uşbu xabarga aniqlik kiritiş maqsadida, Kun.uz muxbiri Farğona viloyati XTB axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov bilan boğlandi.
Axborot xizmati rahbarining ma'lum qilişiça, xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Farğona viloyatiga qilgan safari jarayonida Uçköprik tumanidagi 12-umumta'lim maktabida bölgan. Vazir maktabda isitiş tizimi işlamasligi, maktabdagi internet sifati pastligi, bu böyiça esa amaliy sa'y-harakatlar bajarilmaganini qattiq tanqid qilgan. Şundan söng Uçköprik tumani XTB mudiri Dilafruz Ayyupovani işdan oliş böyiça tavsiya bergan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda mudir örinbosari Soyibjon Sultonov nohaq işdan olingani aytilmoqda. Men bir narsani bildirib ötmoqçiman, biz, ya'ni viloyat XTB rahbariyati uning faoliyatidan qoniqqanmiz. Unga heç qanday e'tirozlarimiz yöq. U öz xohişi bilan Uçköprik tumanidagi 9-umumta'lim maktabiga direktorlikka ötib ketdi”, – deya ta'kidladi Odiljon Jalolov.
Şu kunlarda Uçköprik tumani XTB mudiri D.Ayyupova davolaniş ta'tili tugab, iş faoliyatiga qaytgan. Mazkur holat viloyat hokimligi, Xalq ta'limi vazirligining nazoratida ekanligi ta'kidlandi.
Bugun Özbekistonda ta'lim tizimini isloh qiliş böyiça bir qator islohotlar olib borilmoqda. Biroq bu singari holatlar soha xodimlariga salbiy ta'sir ötkazib, ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bölmoqda.
Vaziyat Farğona viloyat hokimligi nazoratida ekanligi aytilayotgan Uçköprikdagi holatga balki, viloyat hokimligi axborot xizmati ham munosabat berib ötar. Rasmiylardan izoh kutib qolamiz.










