AQŞ vakillar palatasi “Amerika orzusi va va'dalar haqida”gi va “Fermer xöjaliklarida iş kuçining modernizatsiyasi haqida”gi qonun loyihalarini qabul qildi.

Birinçi qonun loyihasi AQŞ hududiga baloğatga yetmagan yoşida kirgan va u yerda röyxatdan ötmagan holda yaşayotgan 2,5 mln muhojir - “orzumandlar”ga fuqarolik uçun yöl oçadi. Qonun ularga AQŞda deportatsiya qiliniş tahdidisiz 10 yil  yaşaş, işlaş, armiyada xizmat qiliş va bir qator talablarga muvofiq kelsa, fuqarolik oliş imkonini beradi. 

“Bu davlatda millionlab odamlar ular uçun ona uyi bölmagan olis yurtlarga deportatsiya qilinişi mumkinligi xavotirida yaşaydi. Çunki ularning uyi Amerika. “Orzumandlar” uçun u ularning yoşligidanoq öz uyi bölgan. Endilikda uşbu uy ularga erkin nafas oliş uçun çoralar köradi”, deb aytgan vakillar palatasidagi köpçilik yetakçisi Steni Xoyyer.

Uşbu qonun, şuningdek, uruş yoki tabiiy ofatlardan qoçib, AQŞda qönim topgan va vaqtinçalik himoya maqomi bilan yaşayotgan muhojirlar uçun grin-karta taqdim qiladi. Migratsiya siyosati instituti ma'lumotlariga köra, bu çoralar umumiy hisobda 4,4 mln muhojirga AQŞda doimiy yaşaş huquqini berişi mumkin.   

Kongressmenlar, şuningdek, ikkinçi qonun loyihasini ham qabul qilişgan. U qişloq xöjaligida noqonuniy işlovçilarga huquqiy maqom beradi. Hujjat bunday kişilarga ular jarima tölasalar grin-karta oliş va qişloq xöjaligida yana 4-8 yil işlaş imkonini beradi.

“Köplab bunday odamlar pandemiya vaqtida davlatimiz barqaror, töq va soğlom qolişi uçun old saflarda işladilar, biroq özlarining immigratsiyaviy maqomi sababli qörquvda yaşaşga majburlar. Men bu qonun loyihasini qöllab-quvvatlayman va vakillar palatasiga uşbu muhim qonunni qabul qilgani uçun minnatdorlik bildiraman”, deb aytilgan AQŞ prezidenti Jo Bayden bayonotida. 

Vakillar palatasida köpçilikni taşkil qiluvçi demokratlar avval ham bunday qonunlarni qabul qilgan, biroq ular sobiq prezident Donald Tramp siyosatiga muvofiq holda öşanda respublikaçilar tomonidan nazorat qilingan senatda qabul qilinmagan.

Endi uşbu ikki qonun loyihasi AQŞning 2021 yilgi fuqarolik haqidagi keng kölamli qonuniga kiradi. Uşbu qonunda AQŞ hududiga noqonuniy kelgan, biroq u yerda yaşaş vaqtida qonun bilan muammolarga duç kelmagan muhojirlarga fuqarolik olişning yangi yöllari bayon etiladi.