Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yölovçi taşiş yönalişlari böyiça oçiq tenderlarni elektron tarzda taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Aholiga avtomobil transportida xizmat körsatiş madaniyati va sifatini oşiriş, avtomobil transportida yölovçi taşiş xizmatlarini körsatiş sohasida raqobat muhitini yanada takomillaştiriş maqsad qilingan.
Quyidagilar:
şahar, şahar atrofi, şaharlararo (Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar içida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlararo) va xalqaro yölovçilar taşiş yönalişlarini biriktiriş yuzasidan oçiq tenderlarni elektron tarzda taşkil etiş va ötkaziş tartibi, şu jumladan tender ötkaziş asosiy tamoyillari, tender böyiça takliflar mazmuniga qöyiladigan talablar, tender takliflarini baholaş va ğolib aniqlaş hamda tender ğolibi bilan hujjatlarni rasmiylaştiriş va bekor qiliş tartibini nazarda tutuvçi Şahar, şahar atrofi, şaharlararo (viloyat içida, viloyatlararo) va xalqaro yönalişlarni biriktiriş böyiça oçiq tenderlarni elektron tarzda taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom;
yangi taşkil etilayotgan yönalişlar harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi hamda oçiq tenderlarda lotlar böyiça taşuvçilar tomonidan kelib tuşgan takliflar haqqoniyligini örganiş masalalari böyiça hududiy komissiyalar faoliyatini taşkil etiş tartibini nazarda tutuvçi Yölovçi taşiş yönalişlari harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi hamda tender takliflari haqqoniyligini örganiş masalalari böyiça hududiy komissiyalar töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda tegişli hududiy komissiya nizomini hamda tarkibini tasdiqlaydi.
Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Içki işlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 30 aprelga qadar yölovçi taşiş yönalişlarini oçiq tenderlar orqali taşuvçilarga biriktiriş böyiça elektron axborot tizimini işlab çiqadi.
Elektron axborot tizimi doirasida Özbekistonda röyxatga olingan avtotransport vositalari hamda avtotransport ijara şartnomalari töğrisidagi, şuningdek, yöl-transport hodisalari töğrisidagi ma'lumotlar bazasi manfaatdor vazirlik va idoralar örtasida özaro integratsiya qilinişi nazarda tutiladi.












