Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalist Sardor Rahmonqulovning nima sababdan musiqa maktablari pulli ekanligi haqida bergan savoliga javob berdi.
Ma'lum qilinişiça, mazkur maktablar Xalq ta'limi vazirligi emas, Madaniyat vazirligi tasarrufiga kirganligi sababli ota-onalar farzandlarini tölov asosida öqitişga majbur.
«Musiqa maktablarida faoliyat yuritayotgan öqituvçilar ota-onalar tölagan badal pulidan oylik olişadi. Bu maktablar majburiy emas, tögarak sifatida bölgani uçun Xalq ta'limi vazirligiga qaraşli emas. Faqat majburiy ta'limgina bepul amalga oşiriladi.
Musiqa maktablari azaldan pulli bölgan, çunki unda öqiş majburiy emas, ixtiyoriy. Lekin tanganing ikki tomoniniyam hisobga olişimiz kerak. Bepul qiliş uçun imkoniyatimiz yöq – ustozlarga oylik budjetdan ajratilmaydi. Pullik bölgani uçun şunaqa e'tirozlar yuzaga kelyapti», dedi u.
Ozodbek Nazarbekov şuning uçun Xalq ta'limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi hamkorlikda uyda mustaqil örganiş uçun individual qöllanma işlab çiqilayotganini ma'lum qildi. Qöllanma asosida bola uyida milliy çolğu asboblarini çalişni örganişi mumkin.
Hozirgi kunda faqat rubob çolğu asbobi uçun şunday qöllanma yaratilgan. Bu qöllanma bugun davlat rahbariga ham taqdim qilindi va ma'qullandi. Bosqiçma-bosqiç boşqa milliy çolğu asboblarining ham şunday qöllanmasi yaratiladi. Bu tizim orqali barça yoşdagi qiziquvçilar smartfonda musiqiy ta'lim olişlari mumkin.
Madaniyat vazirining ta'kidlaşiça, barça musiqa maktablarida kam ta'minlangan oilalar farzandlari uçun kvotalar ajratilgan. Bu kvotalar öşa maktab quvvatining 25 foizidan oşmasligi kerak.











