Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov töyda qöşiq aytib, qistirilgan pullarni qabul qilgani – davlat xizmati va odob-axloq töğrisidagi qonunçilik normalarini buziş hisoblanadi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining holat yuzasidan Kun.uz söroviga javobida keltiriladi.

Agentlik «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunning 13-moddasida, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 13-bandida davlat fuqarolik xizmatçisi pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa faoliyat bilan şuğullanişga haqli emasligi belgilanganini eslatgan.

Bundan taşqari, davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 3-bandiga köra, davlat xizmatçilari mehnat faoliyati davomida va işdan taşqari vaqtda davlat xizmatining obrösiga putur yetkazişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan tiyilişi, axloq normalariga doimiy rioya qilişi lozim.

Şu qoidalarning 7-bandiga köra, davlat xizmatçisi özg xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatçilikning tanqidiga uçramaslik çoralarini körişi, asosli va konstruktiv tanqiddan öz faoliyatidagi kamçiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etiş yölida foydalanişi lozimligi qayd etilgan.

Şu bilan birgalikda, mazkur qoidalarning 29-bandida davlat xizmatçilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos bölişi belgilangan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar böyiça Agentlik tomonidan Vazirlar Mahkamasiga vazir Ozodbek Nazarbekovni intizomiy javobgarlikka tortiş va uni kelgusida qonunçilik hujjatlariga rioya qilişi lozimligi haqida qat’iy ogohlantiriş masalasini körib çiqiş böyiça sörovnoma yuborilgan.

Kelgusida davlat xizmatçilarining odob-axloq qoidalariga zid harakatlari Agentlik tomonidan muntazam monitoring qilib borilişi qayd etilgan.

Özi nima bölgandi?

Yanvar oyi boşida ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov töyda qöşiq ijro etayotgani va unga qistirilgan pullarni qabul qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Uşbu video tarmoq foydalanuvçilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Ayrimlar Ozodbek Nazarbekov san’at vakili ekani, şu sababli töy-tadbirlarda muxlislar davrasida qöşiqlar aytişda va konsert berişda davom etişi kerakliginini bildirişgan, şu bilan birga, u vazir sifatida töylardan daromad topişi notöğri ekanini ta’kidlaganlar ham köp edi.