Quva tumanida 2020 yilda sodir etilgan 79 ta öğirlik jinoyatining 5 tasi fuqarolarning plastik kartalaridan yaşirin tarzda pul yeçiş orqali amalga oşirilib, mablağlar “1xbet” totalizator öyinlariga sarflangan.

Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Farğona viloyati hududiy boşqarmasi matbuot xizmati tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarda qonunga xilof ravişda iştirok etiş, ularga jalb qiliş, ularni ötkaziş uçun telekommunikatsiya tarmoqlarida, şu jumladan Internet jahon axborot tarmoği provayderlari tomonidan xizmatlar körsatiş yoki xizmatlar körsatişga kömaklaşiş Özbekiston Respublikasi MJtKning 191-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni keltirib çiqaradi.

Şu singari qonun buziliş holatlarini oldini oliş va bartaraf etiş maqsadida 2021 yil 19 mart kuni Quva tuman prokuraturasi, IIB, Monopoliyaga qarşi kuraşiş Qömitasi xuzuridagi   Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining Farğona viloyat xududiy tuzilmasi, DSI va boşqa mas'ul idoralar mutaxassislari tomonidan nazorat tadbirlari ötkazilgan. 

Tadbir davomida “1xbet” bukmekerlik idoralari reklamalari joylaştirilgan va özboşimçalik bilan örnatib olingan 2 ta yengil konstruksiyali şoxobçalar hamda 13 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçalardagi qonunçilikka zid ravişda  örnatilgan reklamalar oldirib taşlangan.

Şuningdek, bu turdagi xizmatlarni qonunga xilof ravişda körsatib kelgan fuqarolar O.Q. va M.I.larga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik hujjatlari rasmiylaştirilib, jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudining qarori bilan O.Q. va M.I.lar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 191-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan hamda olingan aşyolar davlat foydasiga musodara qilingan.