Kun.uz muxbiri Abduvali Qurbonov bilan suhbatda öz farzandini urgan öqituvçi Madina Umaraliyeva maktab mutasaddilari uşbu videoni atay tarqatgan bölişi mumkinligi haqida ta'kidlagan edi.
Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, 23 mart kuni şu masala yuzasidan 49-maktabda keng jamoatçilik iştirokida majlis ötkazilgan. Majlisda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Azizbek Mirkomilov iştirok etgan. Majlisda 49-maktab direktori Umidjon Mirzaxoliqov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, farzandini kaltaklagan ayolning II guruh nogironligi bölgan ikki nafar öğliga logoped-tarbiyaçi biriktirilgan. Şuningdek, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği kaltaklangan farzandni Asaka tumanidagi 25-sonli maktab-internatga joylaştiriş böyiça körsatma bergan.

Majlisda iştirok etgan Madina Umaraliyeva unga şaroitidan kelib çiqib har uç oyda bir marta moddiy yordam körsatilişi belgilanganini ham ta'kidladi.
Hozirda Madina Umaraliyeva 49-maktabda öz vazifasida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, 49-maktab direktori Kun.uz’ga bergan intervyusida video tarqalişiga boşqa bir tögarak rahbarini sababçi qilib körsatgan edi.
Sobiq direktorga köra, M.Umaraliyeva bundan avvalroq, 4-sinf öquvçisiga tanbeh bergan va bolaning ota-onasi M.Umaraliyevaning ustidan maktabga şikoyat bilan kelgan. Ota-ona videokameralardagi yozuvni körsatişni söraşgan va ular M.Umaraliyeva farzandini urayotgandagi holatni özlariga köçirib olişgan va tarqalib ketişiga sababçi bölişgan. Direktor bu holatdan mutlaqo bexabar bölganini aytgandi.











