Harbiylar vakili Zo Min Tun namoyişçilarning halok bölganidan afsusdaligini, “çunki ular Myanma fuqarolari bölganini” aytgan.
Uning ta'kidlaşiça, töqnaşuvlar vaqtida, şuningdek, xavfsizlik kuçlarining 9 xodimi halok bölgan.
Biroq Myanmada siyosiy mahkumlarga yordam uyuşmasi ma'lumotlariga köra, 1 fevraldan beri harbiylarga qarşi davom etayotgan namoyişlarda 250 kişi halok bölgan.
Myanmada harbiylar 1 fevralda davlat töntaruvi amalga oşirib, mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan çetlatgandi.
Avvalroq Myanmada internet öçirib qöyilgani va gazetalar sotilişi taqiqlab qöyilgani ma'lum qilingandi. Jumladan, qöşni Tailand bilan çegaradagi optik-tolali internet kabellari uzib taşlangan. Şu sababli mamlakat içidagi axborotni tekşiriş tobora murakkablaşib bormoqda.












