16-avgust, yakşanba kuni Kiyevda Mixail Fedorovni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga tiklaşni talab qilgan ommaviy aksiyalar davom etdi. Ukraina OAV ma’lumotlariga köra, bu kabi namoyişlar ketma-ket 32 kundan beri ötkazilmoqda.

«Interfaks-Ukraina» agentligi tadbirni «mudofaa sohasida muloqot va islohotlarni qöllab-quvvatlaş aksiyasi» deb atagan.

Namoyişçilar Kiyev markazida joylaşgan Ukraina xalqi Ozodlik arkasi oldida töplangan. Şundan söng ular Xreşçatik, Osmon yuzligi qahramonlari xiyoboni va Olginskaya köçasi böylab yuriş ötkazgan.

Aksiya yakunida prezident ofisi binosi yaqinidagi Ivan Franko maydonida miting taşkil etilgan. Oboz.ua naşriga köra, namoyişçilar kolonnasi poytaxtning markaziy köçalari böylab yuzlab metrga çözilgan.

Namoyişçilar nimani talab qilmoqda?

Jurnalistlarning qayd etişiça, aksiyada turli yoşdagi fuqarolar iştirok etgan, ammo ular orasida yoşlar köpçilikni taşkil qilgan.

Namoyişçilarning asosiy talabi - Mixail Fedorovni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga qaytariş.

Şu bilan birga, aksiya iştirokçilari prezident Volodimir Zelenskiyning boşqa sönggi kadrlar böyiça qarorlariga ham norozilik bildirgan.

Xususan, ular sobiq mudofaa vaziri Rustem Umerovning Ukraina Taşqi razvedka xizmati rahbari etib tayinlanişi hamda Mikolayiv viloyati harbiy ma’muriyatining sobiq rahbari Vitaliy Kimning Ukraina faxriylar işlari vaziri lavozimiga tayinlanişini tanqid qilgan.

Namoyişlarda Fedorovni qöllab-quvvatlovçi, hukumatni jamiyat bilan oçiq muloqot qilişga va mamlakatning Yevropa yönalişini davom ettirişga çaqiruvçi şiorlar yangragan.

Namoyişlar boşqa şaharlarda ham ötkazildi

Ukrainaning NV naşri ma’lumotlariga köra, şunga öxşaş aksiyalar faqat Kiyev bilan çeklanmagan.

Fedorovni qöllab-quvvatlaş namoyişlari Lviv, Dnipro, Lutsk, Rovno, Poltava, Odessa, Vinnitsa, Xmelnitskiy va Çernovsi şaharlarida ham ötkazilgan.

Kiyevda esa aksiya iştirokçilari prezident ofisi vakiliga Volodimir Zelenskiy nomiga tayyorlangan petitsiyani topşirgan.