Xorazm viloyati, Şovot tumani, Beşmargan qişloğida 120 yoşni töldirgan Öğil momo Eşyozova istiqomat qiladi. U viloyatning eng keksa kişisidir. Onaxon bilan uyida uçraşib, ötmiş xotiralarini sörab, yozib oldik.
Öğil momo boy oilada tuğilgan
Öğil momo Eşyozova 1900 yilda boy oilada tuğilgan. Uning otasi Eşniyozbek uyida 7-8 xizmatkorni işlatgan badavlat dehqonlardan edi. Onasi ilmli ayollardan bölgan va otinoyi sifatida madrasada dars bergan. Momo oilasida öğil farzand tuğilmagan, 3 nafar qiz bölgan. Xorazmda öğil farzand tuğilişini istab, qizlarga Öğil ismini qöyiş qadimdan odat hisoblanadi. Momoga ham şunday niyatda ism qöyilgan.
Oiladagi fojia
Ötgan asrning 20-yillarida Xiva xonligi sovetlar tomonidan tugatib yuborilganidan söng, mahalliy ziyolilarga, boylarga qarşi qatağonlar boşlandi. Bolşeviklar badavlat dehqonlarni «kulak-ekspluatator», «sinfiy duşman» va sovet hukumatiga qarşi unsurlar deb e'lon qilişdi.
Oqibatda köplab boylarning şöri quriydi. Ularning aççiq qismati Eşniyozbekning boşiga ham tuşgan. U bolşeviklar tomonidan hibsga olinib, Xiva qamoqxonasida öldirilgan. Mol-mulki esa davlat foydasiga musodara qilingan. Öğil momo otasining murdasi qamoqxonadan öğirlanib, yaşirinça janoza öqilib, qabristonga dafn etilganini eslaydi.

Kolxozda ötgan umr
Öğil momo örta maktabning 7-sinfini tugatgaç, opa-singillari bilan kolxozda işlagan. Yerni çopiq qilgan, paxta tergan, ariq va zovurlarni qazigan. 40-yillarda katta Şovot kanalini rekonstruksiya-qaziş işlarida qatnaşgan. Oğir mehnat şaroiti tufayli bir qöli singan. Şunday bölsa-da, kolxoz raisi uni majburan paxta dalasiga jönatgan.
«Bir qölim bilan paxta terganman», deydi Öğil momo.
Onaxon bir umr kolxozda işlab, 1950 yilda 22 söm bilan pensiyaga çiqqan. Hozirda 1 mln sömdan ortiq pensiya oladi.
Uruş dahşatlari
Ikkinçi Jahon uruşi balosi xorazmliklarni ham çetlab ötmadi. Yoş-u qari erkak uruşga otlandi, moddiy boyliklar front uçun sarflandi. Qişloqda ayollar, bolalar va kasalvandlar qolişdi.














