«Işga kirişamiz», deydi Yevrokomissiyaning soğliqni saqlaş böyiça boş direktorati muovini Sandra Gallina Yevroparlamentning 24 mart kungi tinglovida. Vaksinani nazorat qilişning mavjud mexanizmi qayta körib çiqiladi.
AFP agentligi ixtiyoridagi loyihaga binoan, Yevrokomissiya özi vaksina işlab çiqaradigan yoki aholisining sezilarli qismi emlanib bölgan mamlakatlarga vaksina eksport qiliş şaroitlari qat'iylaştiriladi.
Yevroittifoqda boşqa kompaniyalar işlab çiqargan preparatlar eksporti bloklanmaydi – Biontech/Pfizer va Moderna Yevroittifoq davlatlari oldidagi majburiyatini bajaryapti.
AstraZeneca’ning Niderlandiyadagi zavodi
AFP’ning qayd etişiça, eksport çeklovlari haqidagi debatlar markazida tez orada AstraZeneca vaksinalarini işlab çiqarişni boşlaydigan Niderlandiyadagi zavod turibdi. Bu zavodda işlab çiqarilajak mahsulot uçun YeI va Buyuk Britaniya öz talablarini qöydi.
Niderlandiya hukumati vakili Buyuk Britaniya bilan kelişuv haqida fikr bildirdi. Uning sözlariga köra, eksportni taqiqlaş «yutqaziş ssenariysi» böladi. Biroq u Haaga Yevrokomissiya qaroriga böysunişi va zarur bölganda eksport taqiqiga amal qilişini aytgan.
AstraZeneca bilan muammolar
AstraZeneca ilgariroq şu yilning birinçi çoragida Yevroittifoqqa rejadagi 120 million örniga 30 million doza, 2-çorakda 180 million örniga 70 million doza vaksina yetkazib berilişini ma'lum qilgandi. Kompaniyaning bunday bayonotiga Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen keskin javob qaytardi.
«Bizda rejalaştirilgan eksportni taqiqlab qöyiş imkoni bor. AstraZeneca’ga aytadigan gapimiz şu: «Boşqa davlatlarga yetkazib berişdan avval sen Yevropa bilan tuzilgan şartnoma bandlarini bajarib qöyasan», dedi u.
AstraZeneca, öz navbatida, yetkazib beriş şartlari bajarilmasligiga Yevroittifoq hududidagi korxonalarda röy berayotgan muammolarni sabab qilib körsatgan.
Germaniya kansleri Angela Merkel 23 mart kuni federal yerlar rahbarlari bilan 15 soatlik uçraşuvdan söng fon der Lyayyenni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi. «Bizda AstraZeneca bilan muammolar bor», deya tan oldi Germaniya kansleri. Ayni damda Merkel koronavirus vaksinasiga qöyiladigan «umumiy eksport taqiqlari»ga qarşi ekanini bildirdi.












