Norma’ning yozişiça, hujjat bilan Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi 2021 yil 20 yanvarda «Aksa Enerji Üretim A.Ş.» (Turkiya) kompaniyasi (investor) hamda quyidagi loyiha kompaniyalari bilan imzolagan investitsiya bitimlari tasdiqlandi:

yangi tahrirdagi «Toşkent viloyatida quvvati 240 MVt bölgan buğ-gaz elektr stansiyasi va quvvati 230 MVt bölgan gaz-porşenli elektr stansiyasi quriş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş maqsadida investor tomonidan taşkil etilgan «Aksa Enerji Tashkent» MÇJ;

«Buxoro viloyatida quvvati 270 MVt bölgan gaz-porşenli elektr stansiyasini quriş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş maqsadida investor tomonidan taşkil etilgan «Aksa Enerji Bukhara» MÇJ.

Investitsiya bitimlariga muvofiq, investor va loyiha kompaniyalari har bir loyiha böyiça yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni öz zimmasiga olgan holda, jami 450 mln AQŞ dollari miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etadi.

Şuningdek «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyalari örtasida töğridan töğri muzokaralar natijasida imzolangan yangi tahrirdagi elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi bitimlar ma'qullandi.

Bitimlarga muvofiq:

  • investor öz huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyalari foydasiga voz keçadi;
  • loyiha kompaniyalari işlab çiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ timsolida yagona xaridorga sotiş majburiyatini oladi;
  • «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qiliş majburiyatini oladi va elektr energiyasi uçun tölovlarni milliy valutada amalga oşiradi.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga:

  • loyiha kompaniyalari tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olişni qoplaş uçun majburiyatlar bajarilişi ta'minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga Özbekiston tijorat bankining çet el valutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va şarsiz bank kafolatini taqdim etişga;
  • investitsiya loyihalari ehtiyoji uçun tabiiy gaz yetkazib beruvçi sifatida iştirok etişga hamda jalb qilinadigan çet el investitsiyalari böyiça Özbekiston hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) narxlarini çet el valutasiga boğlangan holda belgilaşga ruxsat beriladi.