“Bugun ertalab özini AQŞ fuqarosi deb atagan va samolyotni egallab olgan erkak Nuakşot xalqaro aeroporti hududida qölga olindi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Erkakni qölga oliş muvaffaqiyatli va heç qanday yöqotişlarsiz ötgan. Uning ta'kidlaşiça, u Mavritaniya hukumati bilan muammolarga ega bölgan.

Avvalroq Mavritaniya poytaxti Nuakşot şahridagi xalqaro aeroportda noma'lum şaxs içida yölovçilari bölmagan samolyotni egallab olgandi. U agarda kuç işlatuvçi tizim xodimlari uni uşlaşga harakat qiladigan bölsa, samolyotni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan.

Erkakni bunday yöl tutişiga nima sabab bölgani ma'lum qilinmagan.