Sönggi yillarda mamlakatimizda suğurta bozorini xalqaro standartlar darajasiga yetkaziş hamda suğurta taşkilotlari nufuzi va xizmat körsatiş sifatini umumjahon talablari va me'yorlariga yetkaziş borasida keng qamrovli islohotlar amalga oşirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori, şuningdek, 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat iştirokidagi korxonalarni isloh qilişni jadallaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar şular jumlasidandir.

Uşbu islohotlar doirasida jahon suğurta bozorida barqaror imijni şakllantiriş va dunyoning rivojlangan suğurta taşkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş maqsadida “Özagrosuğurta” AJning moliyaviy xöjalik faoliyati “Deloyt” (Deloitte) va “Grant Tornton” (Grant Thornton) kabi jahondagi yetakçi auditorlik kompaniyalari tomonidan xalqaro audit standardlari böyiça tekşiruvdan ötkazildi va ijobiy xulosalar olindi.

Şuningdek, Jamiyat tasarrufida bölgan barça mol-mulklar “Veritas” baholaş taşkiloti tomonidan xalqaro talablarga muvofiq baholandi. Sodda aytganda, Jamiyatning moliyaviy hisobotlari xalqaro standartlarga muvofiq şakllantirilgan körsatkiçlarda aks ettirildi.

Ta'kidlaş joizki, Jamiyat ketma-ket ikkinçi yil “Fitch” (Fitch) xalqaro reyting agentligi tomonidan “VV–” barqaror reytingiga ega böldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma'lum qilindi.

Mazkur nufuzli xalqaro agentlik asosan suğurta sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalarni qimmatli qoğozlari, suğurta xizmati sifati va qamrovi, aktivlari hamda depozit portfeli, şuningdek, moliyaviy holatidan kelib çiqib baholaydi.

Dunyoning köplab investorlari “Fitch”ning kredit reytingiga tayanib iş köradi. Demak, “Özagrosuğurta” AJga jahon suğurta va qayta suğurta bozorlarida keng faoliyat olib boriş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, Jamiyat uçun mahalliy eksportyorlar va Özbekistonga sarmoya kiritmoqçi bölgan investorlarni suğurtaviy himoya orqali qöllab-quvvatlaş imkoniyati kengayadi.

Uşbu reyting körsatkiçi olingan majburiyatlarning öz vaqtida bajariliş kafolati, yuqori salohiyatli investorlar uçun işonçlilik darajasini belgilaydi.

Kompaniya mutaxassislari köp yillik tajribaga ega va kapital bozorlarini tahlil qilişda foydalaniladigan köplab mamlakatlarning içki iqtisodiy mexanizmlari töğrisida aniq bilimlarga ega. “Fitch”dan olingan tahlillar va prognozlar an'anaviy ravişda işonçli va oşkora hisoblanadi.