Qayd etilişiça, hozirda fuqarolardan bahorgi ta'til uzaytirildimi, degan juda köplab savollar kelib tuşmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta'limi vazirligi bahorgi ta'til 28 martgaça davom etişi, 4-çorakning ilk kuni 29 mart ekanini yana bir bor ma'lum qildi.

“Şuningdek, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqqan holda, gibrid şakldagi ta'limga ruxsat etilganini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bölsa, uşbu maktab öquvçilari vaziyat barqarorlaşguniga qadar vaqtinça ta'limni onlayn şaklda davom ettirişi mumkinligini eslatib ötamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 öquv yili bahorgi ta'tilining birinçi kuni hisoblanişi haqida avvalroq xabar qilingandi.

Bundan oldin, Toşkentning Mirzo Uluğbek, Çilonzor va Yunusobod tumanidagi barça maktablar onlayn ta'limga ötgandi.