O‘zbekistonning jadal iqtisodiy rivojlanishi, xalqaro maydonda uning nufuzi mustahkamlanishi va mamlakatning har tomonlama ravnaqi hukumatning oqilona va mohirona harakatisiz mumkin bo‘lmagan bo‘lar edi.
Shuningdek, ikki mamlakatning ko‘chmas mulk sohasidagi siyosatining mutanosibligi ham janob Jalan uchun juda ahamiyatlidir.
2018 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Prezidentining Hindistonga rasmiy tashrifi vaqtida MJ Developers O‘zbekiston hukumati bilan summasi 100 mln AQSh dollarini tashkil etadigan sarmoya bitimini imzoladi.

«Ushbu loyiha nafaqat foyda olish, balki Minerva City aholisi uchun qulay va ekologik sharoitlarni yaratish uchun ham yo‘naltirilgandir», – deya ta'kidladi Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat Minerva City'dagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbirda.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning namunasidir. Sarmoyadorlar, quruvchilar va arxitektorlarning kuchli jamoasi ikki mamlakat qanchalik yaqin hamkorlik qilishlarini ko‘rsatib beradi.
«MJ Developers loyihalari Hindiston va O‘zbekistonning do‘stligida muhim ko‘rsatkich bo‘ladi. Nafaqat madaniy aloqalar, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi infrastrukturaning rivojlanishidagi texnik nou-xau ham mustahkamlanadi va yangi darajaga chiqadi», – deb qo‘shimcha qildi Manish Prabxat.
Janob Jalanning faoliyati tarixi aksariyat yosh tadbirkorlarga stimul bo‘lib xizmat qiladigan ilhomlantiruvchi hikoyalardan biridir. Janob Jalanning familiyasi ko‘plab dunyoga mashhur biznesmenlar familiyasi bilan tenglasha oladi.
O‘smirlik davridanoq u otasi bilan oilaviy biznes – qog‘oz savdosining rivojlanishi ustida ish olib borgan.
U ko‘plab kompaniyalarda ishlagan, biznesning barcha jihatlarini o‘rganib, 23 yoshida umuman yangi sanoat – fototasvir yo‘nalishida o‘z biznesini ochishga qaror qiladi.
Yosh tadbirkor o‘z fotolaboratoriyasini ochadi va bu tez orada haqiqiy ishbilarmonlarcha yondashuvi orqali butun Hindiston bo‘ylab ko‘plab laboratoriyalarga aylanadi.


















