Bugun, 26 mart kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida qurolli mojarolar hududlaridan bolalar va ayollarni öz vataniga qaytariş va ularning jamiyatga samarali reintegratsiyasi borasidagi xalqaro hamkorlik yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi Bola huquqlari böyiça vakillari (ombudsmanlari) hamda YuNISEF hamkorligida onlayn konferensiya ötkazildi.

Ombudsman kotibiyatining bola huquqlarini ta'minlaş sektori mudiri Sattor Rahmatovning aytişiça, bola huquqlarini ta'minlaş yuzasidan xalqaro konvensiyalar har bir davlat uçun bir xil ahamiyatga ega va hamma eng zaif qatlam bölgan bolalarni köproq himoyalaşga harakat qiladi. Özbekiston ham bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga urinmoqda.

«Biz hozir xalqaro hamkorlik doirasida bola huquqlari va erkinliklarini ta'minlaş yuzasidan bir qator işlar olib boryapmiz. Bizga Rossiya va Markaziy Osiyoda bola huquqlariga doir masalalar yuzasidan murojaatlar tuşyapti.

Sattor Rahmatov

Masalan, buxorolik fuqaromiz Rossiyaga işlaş uçun ketgan va öşa yerda rossiyalik ayolga uylangan. Oila farzandli bölgaç, ularning qonuniy nikohi buzilgan. Ularning farzandini yigitning buvisi işonçnoma asosida Buxoroga olib ketib qolgan. Pandemiya vaqtida bola Özbekistonda qolib ketgan, işonçnoma muddati esa ötib ketgan. Bola özining qonuniy vakiliga qaytarilmagan. Bizga bu masala yuzasidan Sverdlovsk viloyati ombudsmani murojaat qildi. Vaziyatni tezlik bilan örganib, bolani qonuniy vakiliga qaytarişga erişdik. Şu kabi muammolarda hamkorlik kerak, bu tezroq işlaşni, bolaning buzilgan huquqlarini tezroq ta'minlaş imkonini beradi.

Rahmatovning sözlariga köra, hozirda Rossiya bilan bola huquqlarini ta'minlaş yuzasidan imzolanadigan memorandum loyihasi va şartlari körib çiqilmoqda.

“Asosiy şartlar - bolaning migratsiya jarayonida huquqlari buzilmasligi, şuningdek, qurolli mojaroli hududlardan qaytarilayotgan bolalarning huquqlarini ta'minlaş kabi masalalar. Masalan, bizdagi «Mehr» operatsiyalari davomida Rossiya fuqarosi bölgan bola ham olib kelingan. U bolaning hujjatlari topilgan va onasi aniqlangan, hozir faqat qonuniy vakiliga qaytarib beriş masalasi qolgan. Şu kabi holatlarda bola huquqlari böyiça vakillar bir-biriga kömak berişi muhim hisoblanadi”, – deya Sattor Rahmatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.