Qoraboyev 14 mart kuni mayda bezorilikda ayblanib, Toshkentda ma'muriy qamoqqa olingan edi.
Feysbuk foydalanuvchisi Xudoyberdi Zominiy tarmoqqa joylagan videoga ko‘ra, Sundor Qoraboyev ozodlikka chiqib, o‘z uyiga yetib borgan.
«Meni duolarida so‘rab turgan qadrdonlarga mingdan ming rahmat aytaman. Sizlarni o‘tgan va kelayotgan bayramlar bilan tabriklayman. Burgut qafasga tushishi mumkin, lekin balandlikni qo‘msaydi», – deya qo‘l silkiydi videoda ko‘ringan Sundor Qoraboyev.
Kun.uz Sundor Qoraboyevning 14 mart kuni shubhali ravishda qamab qo‘yilgani haqida uning ukasi Husan Qoraboyev va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga asosan xabar bergan edi.
Departament mulozimi Toshkentda kafedan chiqayotib begona ayolga turtilib ketgani tezda ma'muriy qamoqqa olish uchun vaj bo‘lgani aytilgandi.
Qoraboyevning yaqinlari u «Ugolok» kafesidan chiqib ketayotgan vaqtda hech kim bilan tortishmaganini isbotlovchi kadrlar borligini ta'kidlashgandi.











