BMT inson huquqlari böyiça qömitasi ma'lumotlariga köra, şanba kuni Myanmadagi namoyişlarni bostiriş vaqtida 90dan ortiq kişi öldirilgan.
Siyosiy mahbuslarga kömak körsatiş assotsiatsiyasi (AARR) ma'lumotiga köra, huquq muhofazasi faoliyati va monitoringi bilan şuğullanuvçi mahalliy taşkilot kamida 91 kişining ölimini, şu jumladan, bolalar ham halok bölganini tasdiqlagan.
Myanmar Now yangiliklar portali şanba kuni 114 kişi politsiyaçilar qölidan halok bölgani haqida xabar tarqatdi. Xabarga köra, Myanmaning ikkinçi eng yirik şahri bölmiş Mandalayda kamida 29 kişi, şu jumladan, 13 yoşli bola öldirilgan, mamlakat poytaxti Yangonda kamida 24 namoyişçi halok bölgan.
Jurnalistlar va faollarning hisob-kitoblariga köra, 1 fevral kunidan buyon töqnaşuvlarda kamida 440 namoyişçi öldirilgan; 3 mingdan ortiq kişi hibsga olingan; politsiya doimiy ravişda köçalarda yiğilganlarga öt oçib kelmoqda.
Bu vaqtda poytaxtda an'anaviy harbiy parad ötkazildi, bunday paradlarda odatda Myanmada faoliyat körsatuvçi xorijlik diplomatlar taşrif buyuradi. Ammo bu yilgi paradni Rossiyadan boşqa barça davlatlarning vakillari boykot qilişdi.
AQŞ, Britaniya va Yevropa ittifoqi zöravonlikni qoralab kelmoqda. Bu davlatlar allaqaçon harbiy xunta yetakçilariga qarşi sanksiyalar joriy etişgan.
«Kuç işlatar tuzilmalar qurolsiz tinç aholiga öt oçib, özlariga şarmandalik libosini kiyişdi», degan Buyuk Britaniyaning Myanmadagi elçisi Den Çagg.
Nişonga olib otiş
Juma kuni keçqurun Myanmadagi davlat televideniyesi odamlarni namoyişlarga çiqmaslikka çaqirdi: «Qörqinçli fojialar va odamlarning halokatidan keyin siz tuşunişingiz kerakki, sizni orqangizdan yoki boşingizdan otişlari mumkin», deyilgan xabarda.

Rasmiylar xavfsizlik kuçlariga namoyişçilarni nişonga olib otiş böyiça körsatma berilgani haqida oçiq aytişmaydi. Avvalroq harbiylar namoyişlar vaqtida halok bölganlar olomon orasidan turib öqqa tutilgani haqida aytişgan, şu bilan birga, bunga heç qanday asos keltirişmagandi.
















