Namangan viloyatida ilk bor lazer yordamida noyob operatsiya o‘tkazildi
Bugungi jarrohlik amaliyotida Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi davlat meditsina institutining urologiya kafedrasi assisenti, tibbiyot fanlari nomzodi, Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya shifoxonasi urologiya bo‘limi mudiri Oleg Burlaka namanganlik mutaxassislar uchun master klass o‘tkazib berdi.
Endoskopik apparatlar endourologiya yordamida amalga oshiriladigan mazkur jarrohlik amaliyoti 60 yoshdan oshgan 4 nafar bemor ishtirokida bo‘lib o‘tdi, jarrohlik ishiga esa adenoma hajmiga qarab o‘rtacha 1-1,5 soat vaqt sarflandi, — deydi "Anamed" diagnostika markazi urologiya-davolash bo‘limi boshlig‘i Erkin Parpiyev.
Shifokorning ta'kidlashicha, ushbu amaliyot tig‘ tekkizmasdan, organizmning, hech qayerini kesmagan holatda peshob kanali orqali kirib, amalga oshiriladi, shu bois ham bu kam jarohatli amaliyot hisoblanadi. Bemorda qon ketish holatlari ham kam kuzatiladi. Shu sabab bemorlar bir sutka davomida oyoqqa turib, uyiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, yil boshidan buyon mazkur klinikaga urologiya yo‘nalishida peshob tosh kasalliklari, peshob yo‘li anomaliyalari, buyrak anomaliyalari va adenomalar bo‘yicha aziyat chekkan 200dan ortiq bemorlar murojaat qilgan, ularning 50 foizini aynan prostata bezi adenomasidan qiynalayotgan katta yoshdagi bemorlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
15:43 / 12.09.2024