«Kabar» axborot agentligining xabar berişiça, birinçi vaksinalar Qirğiziston soğliqni saqlaş va ijtimoiy rivojlaniş vaziri Alimqodir Beyşenaliyev va uning örinbosarlari tomonidan qabul qilingan.
Qirğiziston soğliqni saqlaş vaziri brifingda Xitoy vaksinasining samaradorligi yuqori va heç qanday nojöya ta'sirlarni keltirib çiqarmaganini aytib ötgan.
Emlaş ikki marta, 25—28 kun oraliğida amalga oşirilişi közda tutilgan.
Qirğiziston immunoprofilaktika markazi direktori Gulbara Işenapisovaning ma'lum qilişiça, emlaşning birinçi bosqiçida Xitoyning «SinoPharm» vaksinasi bilan 75 ming kişi emlanadi.
Uning sözlariga köra, 19 mart kuni Xitoydan 150 ming doza vaksina mamlakatga olib kelingan.
«Emlaşning birinçi bosqiçida intensiv terapiya bölimlari şifokorlari, tez yordam xodimlari va epidemiyada iş olib borayotgan epidemiologlar emlanadi. Şuningdek, emlaş öqituvçilar, bojxona va içki işlar xodimlari orasida ham amalga oşiriladi», — dedi Gulbara Işenapisova.












