Markaziy bank bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlaridan soliq undiriş taklifi töğrisidagi xabarlar böyiça rasmiy bayonot berdi.

“Mazkur masala yuzasidan bildirilgan fikr Fiskal tahlillar instituti tomonidan ötkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqot doirasida ilgari surilgan. Ilmiy-tadqiqot muassasalari xalqaro tajriba va iqtisodiy jarayonlarni muntazam örganib, turli tahliliy takliflarni ilgari surişi tabiiy”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilişiça, bu fikr ilmiy-tadqiqot natijalari taqdimoti doirasida bildirilgan bölib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.

Markaziy bank takliflarni örganişda ularning moliyaviy resurslar qiymatiga, banklarning resurs bazasi hamda moliyaviy barqarorlikka ta’sirini kompleks baholaşga alohida ahamiyat qaratişini ma’lum qilgan.

30 iyul kuni «Fiskal muloqot» tadbirida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş, soliq va bojxona ma’murçiligini takomillaştiriş hamda fiskal tahlillar instituti boş mutaxassisi Fazliddin Şamsiyev bank depozitlari böyiça foiz daromadlari soliqqa tortilişi mumkinligini aytgandi.