Rasmiy relizda qayd etilişiça, Özbekiston uglevodorod xomaşyosi va mineral resurslarni çuqur qayta işlab, import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş böyiça katta salohiyatga ega. «Özkimyosanoat» AJ bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyihani amalga oşirmoqda.

Şundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha joriy yilda işga tuşiriladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Navoiy, Jizzax va Toşkent viloyatlarida joylaşgan uşbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot özlaştiriladi. Yiliga 450 milliard sömlik tovarlar işlab çiqarilib, 15 million dollarlik import örnini töldiriş hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Uşbu korxonalarda 260 kişi iş bilan ta'minlanadi.

Bundan taşqari, ayni paytda umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan ziyod 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilmoqda.

«Umumlaştirib aytganda, bu yilgi va istiqboldagi barça loyihalar natijasida 3 milliard dollarlik mahsulot işlab çiqariş quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetadi. Yangi korxonalarda 3 500 ga yaqin iş örni taşkil etiladi.

Yana bir muhim jihati, uşbu korxonalar faoliyati yölga qöyilganidan söng, tabiiy gazni çuqur qayta işlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oşadi. Ya'ni, qöşilgan qiymat 14 barobar köpayadi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Ta'kidlanişiça, kimyoviy xomaşyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bölgan tovarlar işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş maqsadida «Navoiyazot» va «Farğonaazot» AJlarda hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etiş rejalaştirilgan.

Xususan, «Navoiyazot»da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, «Farğonaazot»da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpoğiston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oşiriladi.

Işlab çiqariş va ilm-fan örtasida integratsiyani rivojlantiriş maqsadida, Toşkentning Uluğbek şaharçasida ilmiy kimyo klasterini taşkil etiş ham rejalaştirilgan. Unga köra, 60 gektar maydonda ma'muriy va öquv binolari, laboratoriyalar, Özbekiston-Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uçun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, boğ va quyoş elektr stansiyasi barpo etiş közda tutilgan. Bu yerda 8 ming nafar talaba tahsil olişi ham mumkin böladi.

Şuningdek, mazkur ilmiy klaster Toşkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Çirçiq şahridagi işlab çiqariş laboratoriyalarini öz içiga oladi.

«Kimyo sanoatiga juda katta mablağ berdik. Energiya samaradorligi jihatidan texnologiyalar yangilandi. Endi bu tarmoq qöşilgan qiymat beradigan vaqt keldi. Juda katta imkoniyatlar bor. Agar har bir yönaliş böyiça miqdorini, sifatini, narxini joy-joyiga qöysak, eksport 5-6 barobar oşadi», – degan Şavkat Mirziyoyev.

Taqdimotda kimyo korxonalaridagi davlat uluşini qisqartiriş, ularni transformatsiya qiliş, sohaga korporativ boşqaruv va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etiş borasidagi işlar yuzasidan ham ma'lumot berilgan.

«Özkimyosanoat» AJ tuzilmasini özgartiriş, malakali kadrlar tayyorlaş yuzasidan vazifalar qöyilgan. 

Tadbirda içimlik suvi tarmoqlari va avtomobil yöllari holati böyiça ötkazilgan xatlov natijalari ham körib çiqilgan.

«Bu yil 7 184 kilometr quvurlar, rezervuar va nasos stansiyalari qurilib, 1 106 ta mahallaga toza içimlik suvi yetkaziladi. Natijada 4 milliondan ziyod aholining suv ta'minoti yaxşilanadi.

Şuningdek, joriy yilda 16  800 kilometr yöllar ta'mirlanişi aytib ötildi», – deyiladi rasmiy axborotda.