Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilib, Oliy Majlisga taqdim etilgan qonun loyihasida qiynoqqa soliş va qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş hamda qiynoq va boşqa şafqatsiz xatti-harakatlar natijasida zarar körgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy zararning davlat tomonidan qoplanişi mexanizmini qonun darajasida mustahkamlaş nazarda tutilmoqda.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan «Qiynoq holatlarini aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini takomillaştiriş» mavzusida ötkazilgan davra suhbatida Boş prokuratura boşqarma katta prokurori Elyor Jabborov qonun loyihasidagi yangiliklarni ma'lum qildi.
Unga köra, qiynoq bilan boğliq jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 64-moddasiga asosan javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketganligi munosabati bilan jinoyat uçun javobgarlikdan ozod qiliş hamda 73-moddasiga asosan jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş kabi normalarning qöllanmasligi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, qiynoq uçun JK 235-moddasining ikkinçi qismining sanksiyasida ozodlikdan mahrum qiliş jazosini 7 yildan 10 yilgaça, uçinçi qismining sanksiyasida 10 yildan 15 yilgaça uzaytiriş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, Fuqarolik kodeksining 991 va 1021-moddalariga qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş bilan boğliq jinoyat natijasida fuqaroga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organlar, suriştiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sud mansabdor şaxslarining aybidan qat'i nazar tölanişiga oid qöşimçalar kiritilmoqda.









