Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining jazoni ijro etiş muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtinça saqlaş hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan şaxslarni ta'minlaş me'yorlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qaror qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari, vaqtinça saqlaş hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan şaxslarni, şuningdek maxsus qabulxonalarda ma'muriy qamoq jazosini ötayotgan şaxslarni oziq-ovqat bilan ta'minlaş me'yorlari;
  • Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtinça saqlaş hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarni kiyim-keçak va yotoq anjomlari bilan ta'minlaş me'yorlari;
  • Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalari, jazoni ijro etiş koloniyalari va vaqtinça saqlaş hibsxonalarida saqlanayotgan homilador va emizikli ayollarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçak va yotoq anjomlari bilan ta'minlaş me'yorlari;
  • Içki işlar vazirligi davolaş muassasalarida jazoni ijro etiş muassasalari tibbiyot bölimlarida statsionar davolanişda bölgan bemorlarni oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keçak (buyum) bilan ta'minlaş me'yorlari;
  • Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş muassasalari va tergov hibsxonalarini sovun va yuviş vositalari bilan ta'minlaş me'yorlari.

IIVga quyidagilarni belgilaş huquqi berildi:

  • jazoni ijro etiş muassasalarida jazoni ötayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalari va vaqtinça saqlaş hibsxonalarida qamoqda saqlanayotgan şaxslarni oziq-ovqat, aşyoviy mol-mulk, sovun va yuviş vositalari bilan ta'minlaş me'yorlari qöllaniş tartibini, şuningdek saqlaş ta'minoti uçun pul mablağlari xarajatlarini belgilaş;
  • mahkumlar uçun kiyim-keçak modelini, ularga kiyim-keçakni beriş va işlatiş tartibini belgilaş;
  • bemor mahkumlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş tartibini belgilaş;
  • Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda ba'zi oziq-ovqat mahsulotlarini boşqalari bilan almaştiriş me'yorlarini va ularni qöllaş tartibini belgilaş.