2021 yilning 30 mart kuni soat 16:00larda Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi va Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand şahar Pedagogika kolleji binosining kiriş qismida tezkor tadbir ötkazilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, tadbir davomida Samarqand davlat universiteti San'atşunoslik fakulteti dekani örinbosari lavozimida işlovçi 35 yoşli Şerzod P. öz xizmat vazifasidan foydalanib, uşbu fakultetning 1-bosqiç talabasi Şahnoza I.ning psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilişi va uni yakuniy imtihonga kiritişi evaziga 500 AQŞ dollar pullarni tadbir iştirokçisi B.B.dan olgan vaqtida uşlangan.

Tezkor tadbir davomida, Şerzod P.dan 500 AQŞ dollar pul mablağlari aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Şerzod P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik, ya'ni xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilib, u protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.