Toşkentning Qöyliq dahasidagi köprik 20 kunga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 1 aprelidan 20 apreliga qadar yöl ta'mirlaş işlari olib boriladi. Şu sababli, Farğona yöli köçasidagi Qöyliq ota maqbarasidan Bektemir şohköçasiga çiquvçi köprik harakatlaniş uçun yopiladi.
Haydovçilarga aylanma yöllardan foydalaniş tavsiya etilgan. Noqulayliklar uçun uzr söralgan.











